Islom moliyasi bo'yicha Maxsus kengash majlisi

Har bir mahsulot ustidan mustaqil nazorat

Islom moliyasi bo'yicha Maxsus kengash — islom huquqi va islom moliyasi sohasidagi mutaxassislardan iborat mustaqil maslahat organi.

Yangi mahsulot ishga tushirilishidan oldin Kengash uning tuzilishini, shartnomalarini va bitim o'tkazish tartibini tahlil qiladi. Ishga tushgandan keyin esa barcha jarayonlar islom moliyalashtirish tamoyillariga mos qolishi uchun muntazam nazorat olib boriladi.

Kengash ishi hamkorlarimizga KamKam'ning har bir moliyaviy qarori nafaqat qonunchilikka, balki islom moliyasi tamoyillariga ham muvofiq ekaniga ishonch beradi.

Kengashning asosiy vazifalari

Mahsulotlarni tekshirish

Barcha moliyaviy mahsulotlar ishga tushirilishidan oldin ekspert bahosidan o'tadi

Bitimlar nazorati

Kengash shartnoma munosabatlarini tahlil qiladi va mahsulot rivojini kuzatib boradi

Mustaqil audit

Amaldagi jarayonlar islom moliyalashtirish tamoyillariga mosligi muntazam tekshiriladi

Muvofiqlik xulosalari

Tasdiqlangan har bir mahsulot bo'yicha rasmiy xulosa (fatvo) shakllantiriladi

Kengash faoliyatining asosi

Faoliyat shakli
Islom moliyasi va takaful uyushmasi qoshidagi Maxsus kengash — tashqi va mustaqil organ

Kengash tashqi va mustaqil: uning xulosalari kompaniya rahbariyatiga bo‘ysunmaydi. Tarkib va faoliyat asosi tasdiqlangan hujjat bilan e’lon qilinadi.

Islom moliyasi bo‘yicha Maxsus kengash tarkibi

Ibrohim Muhammad Iso

Ibrohim Muhammad Iso

Maxsus kengash raisi

Pokiston fuqarosi, hanafiy mazhabi. Shariat olimi, sertifikatlangan shariat maslahatchisi va auditori (CSAA). Stearns Bank (AQSH), Craft 3 Investment, Ayan Capital (Buyuk Britaniya), RTS Financial, United Bank Limited (Pokiston), “Hamkorbank”, “Hayot bank”, “Trast bank” va “Alif Moliya” (O‘zbekiston) shariat kengashlari raisi. Jamia Darul Uloom Karachi Darul Ifta a’zosi, Alhamd Shariah Advisory asoschisi va bosh direktori. Shayx muftiy Taqiy Usmoniy rahbarligida besh mingdan ortiq fatvo yozgan.

Uzair Bilwani

Uzair Bilwani

Maxsus kengash a’zosi

Pokiston fuqarosi, hanafiy mazhabi. Islom moliyasi sohasida yetuk mutaxassis. Pokistonning Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi (SECP) shariat maslahatchisi, 2021 yildan litsenziya asosida ro‘yxatdan o‘tgan. “Alhamd Shariah Consultancy” ijrochi direktori. Jamia Darul Uloom Karachi islom huquqshunosligi bo‘yicha mutaxassislikni tamomlagan. Summit Bank, Davlat hayotni sug‘urtalash, Alfa, Habib va EastWest sug‘urta kompaniyalarida shariat auditini o‘tkazgan.

Akjigit Kokoyev

Akjigit Kokoyev

Maxsus kengash a’zosi

Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi, hanafiy mazhabi. Arab tili va shariat magistri (Jamia Darul Uloom xalqaro islom universiteti, Pokiston), Taxassus fil ifta yo‘nalishi bo‘yicha shayx muftiy Rafi Usmoniy va shayx muftiy Taqiy Usmoniy rahbarligida tahsil olgan. Islom biznesi va moliyasi xalqaro uyushmasi a’zosi. “Qirg‘iziston Tijorat banki” (2021–2023), “Amin Sadek Finans”, “RENI” kredit ittifoqi va “Interkaskad” shariat kengashlari raisi.

Mirzohid Nizomidinov

Mirzohid Nizomidinov

Maxsus kengash a’zosi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, hanafiy mazhabi. Iqtisod bo‘yicha oliy ma’lumotga ega (Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti) hamda Malayziya Xalqaro Islom universiteti magistri (MBA). Islom taraqqiyot banki guruhining Yosh mutaxassislar dasturi bitiruvchisi. “Hamkorbank”, “Asia Alliance Bank” va “Agrobank”da ishlagan, so‘nggisida islom moliyasi bo‘yicha loyiha menejeri bo‘lgan.

Anvar Saburov

Anvar Saburov

Maxsus kengash a’zosi

Rossiya fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti. Oliy yuridik (Toshkent davlat yuridik instituti) va oliy moliyaviy (Toshkent moliya instituti) ma’lumotga ega. O‘zbekiston bank tizimida uzoq yillik tajriba: “Kapitalbank”, “Orient Finans Bank”, “InFinBank” va “Apeks Bank”da yuridik departament rahbari lavozimlarida ishlagan. 2021 yildan Islom moliyasi va takaful uyushmasi Kengashi raisi o‘rinbosari, 2024 yil avgustidan Maxsus kengash a’zosi.